Приветствую Вас Гость | RSS Воскресенье
19.05.2024, 15:25
SITE LOGO
Форма входа
Главная страница Регистрация Вход Поиск по новостям
Меню сайта
Календарь новостей
«  Февраль 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728
Друзья сайта
Наш опрос
"Real" dan "milan"ga kim o'tdi
Всего ответов: 14
Статистика
Начало » 2007 » Февраль » 27 » Patrik Viyera: “Yuve”ning yo`qligiga “Inter” aybdor emas-ku...”
Patrik Viyera: “Yuve”ning yo`qligiga “Inter” aybdor emas-ku...”

Joriy mavsum Italiyaning «Inter» klubi uchun ajoyib tarzda o`tmoqda. Jamoa «A» seriyada yaqqol peshqadam bo`lib turishi barobarida CHLdagi ishtirokini ham davom ettiryapti. Mazkur muvaffaqiyatda fransiyalik Patrik Viyeyraning ham munosib o`rni bor.
Yaqinda La Gazzetta dello Sport nashri jurnalisti o`tgan yozda «Yuventus» libosini «Inter»nikiga almashtirgan futbolchi bilan suhbatda bo`ldi.

- Mavsum boshida «Inter» uchun hammasi shunday oson kechishiga ishonganmidingiz?

- Jamoada har kuni shunday futbolchilarni ko`rganingda, biz birgalikda ko`p narsaga erishamiz, deb o`ylaysan. Keyin esa futbol maydonida umuman boshqacha bo`ladi. Shuning uchun, bizning asosiy vazifamiz-mavjud bo`lgan imkoniyatlardan amalda foydalanish. Gohida hammasiga osonlikcha erishish mumkindek tuyuladi. Biroq faqat o`ta kuchli jamoalardagina shunday bo`ladi va bu ham doim emas.

- Joriy mavsumga «oqsoq», deb ta'rif berayotganlarga qanday javob berasiz?

- Menga birinchilik u qadar «oqsoq»dek ko`rinmayapti. Va yana «Yuventus»ning yo`qligiga, «Milan»ning esa jarima ochkolari bilan start olganiga «Inter» aybdor emasku...

- Shunday fikr borki, Viyeyra, «Yuventus»ning sobiq a'zosi bu yilgi «skudetto»ni olayotganda o`zini noqulay sezishi kerak ekan.

- O`tgan yilgi «skudetto» uchun haqli ekanimni maydonda ko`rsatganman. Biroq hammasi biz, o`yinchilarga bog`liq emasligi o`z tasdig`ini topdi. Bu yil esa g`alabadan gapirishga hali erta. Lekin bunga umid qilaman. Axir «Inter» bilan men yanada kuchaydim.

- Jamoaga «Yuve»dan aynan nimani olib kirdingiz. O`tgan mavsumlarga nisbatan «Inter» qaysi jihatlarda kuchaydi?

- Jamoaga kelgan har bir yangi futbolchi o`zi bilan tashnalikni olib keldi. Va hozir «Inter» g`alabaga chan-qoq futbolchilardan tarkib topgan. Ya'ni barchamizda bor narsani yutish hissi jo`sh urmoqda.

- Italiya chempionati plyus Chempionlar Ligasidami?

- Bizda bunday vazifalarni bajarishga qodir jamoa bor. Agar hammamiz mas'uliyatni his qilgan holda hozirgi yuqori saviyamizni saqlab qola olsak, aminmanki, har ikki sovrinni ham yutamiz. To`g`ri, bu qiyin, lekin uddalasa bo`ladi.

- «Inter» o`tgan yilgi «Yuventus»ga o`xshaydimi?

- Maqsad sari intilishda-ha. Hatto zaxiradan tushib bo`lsada o`yinni qanday kuchaytirishni yaxshi biladigan futbolchilarni tarkibda ko`p bo`lishi o`ta muhim. «Yuve»ning kuchi ham mana shunda. Endi esa «Inter»da ham shu holni ko`ryapman. Biroq «Inter» menga ko`proq birinchi jamoam-«Arsenal»ni eslatyapti. Londonda qanday qilib to`g`ri kelgan klubni yuta oladigan darajadagi ahil jamoaga aylanganimizni yaxshi xotirlayman.

- Hozirgi «Inter»ning o`sha «Yuven-tus»dan farqi nimada?

- Bu yerda muhit do`stona va xotirjam. Turinda esa hamma qandaydir bosim ostida turardi, futbolchi doimiy nazoratda bo`lardi, ya'ni rejim o`ta jiddiy (qattiqqo`l) edi.

- «Inter»ning maydondagi o`yiniga qaraganda xotirjamlik unchalik bilinmaydi...

- Jamoamizning yana ikki sirini tushuntirib o`tishga harakat qilaman. Birinchisi, barchamizning miyamizda bir xil fikr charx uradi. Boshqacha aytganda, har kim jamoa manfaatini birinchi o`ringa qo`yadi. Ikkinchisi, bitta jamoada shuncha yulduz yig`ilgani-bu katta omad ekanini tushunib yetdik. Shu bois hech kimning qandaydir sabab bilan bo`lsada xato qilishga haqqi yo`q. Negaki, bizning vaqtimiz keldi.

-Sizning Mixaylovich bilan derbidan keyingi «to`qnashuvingiz» tez-tez esga olinadi...

- Toza tushunmovchilik. O`shanda men haq emasdim va uzr so`raganman. Hozirda barchamizning o`rtamizda yaxshi munosabat vujudga kelgan. Har qanday ja-moada shunday bo`lishi shart. Grand jamoalarda bunga shunchaki erishib bo`lmaydi. Negaki, bunday jamoalarda asosan kuchli xarakterga ega insonlar to`planishadi. Birgina mashg`ulotlarga nazar soling, bunga amin bo`lasiz.

- Nimani nazarda tut-yapsiz?

- Mashg`ulotlarda sheriklarim bilan hech qachon «Inter»dagi kabi ko`p urishmaganman. Bizning ustunligimiz-kuchli ekanimiz. Har bir futbolchi mashg`ulotlarda keyingi o`yinda maydonga tushish xohishi unda katta ekanini ko`rsatadi.

- Bu yilda nuqtangizni muntazam almashtirib turibsiz. «Inter» uslubida siz endi toza pleymeyker emassiz...

- Ko`p yildan buyon maydon markaziga o`rnashishga ko`nikib qolganman. Shuning uchun o`ng qanotga yaqin joyda o`ynashim men xohlagan narsa. Chapda esa to`pni ko`p olmayman va o`zimni o`yin markazida his qilmayman. Shunday bo`lsada, bundan xafa bo`lmayman. Axir men joyimni o`zgartirish bilan maydonda ko`proq vaqt bo`lish imkoniyatini olyapman. «Inter» kabi jamoada har kim o`zi xohlagan nuqtada o`ynash huquqiga ega bo`lavermaydi.
-left$.

- Sizningcha, Ibragimovich nimalar borasida kuchaydi?

- O`tgan yili unda o`yinni o`qiy bilish qobiliyati unchalik ko`rinmagandi va bu uning harakatlariga ta'sir o`tkazardi. Ibrida hammasi mujassamlashgan-texnika, kuch, tezlik. Zlatan hali yosh va hech kim u naqadar kuchga egaligini bilmaydi. O`ylashimcha, ikki-uch yildan so`ng uni shunchaki kuchli hujumchi emas, balki jahondagi eng kuchlilaridan biri sifatida tilga olamiz.

- Manchini sizni nimasi bilan ko`proq hayratga soladi?

- Xotirjamligi bilan. Yana jamoa-ni ruhlantirish qobiliyati ham yuksak darajada.

- Anri-sizning yaqin do`stingiz. Siz uning «Inter»dagi ehtimoli bor kelajagi xususida gaplashdingizmi?

- Biz turli mavzularni tez-tez muhokama qilib turamiz. Biroq hech qachon uning kelajagi haqida suhbatlashmaganmiz. Aytishim mumkin bo`lgan narsa shuki, Anri «Arsenal»da hamma narsaga ega-hurmat, huzur va yirik shartnoma. Menimcha, «Arsenal»dan ketishi unga ancha og`ir. Lekin hayotda har narsa bo`lishi mumkin.

- Ha, hech kim aynan futbol tufayli Katanyada polisiyachi o`ldirishini tasavvur qilolmasdi...

- Ko`pchilik o`ylayotgandek bu muammo faqat Italiyaga tegishli emas. Butun dunyoda qonunni hurmat qilmaslik rivojlanib boryapti.

- Sizningcha, stadionlardagi xavfsizlikka qaratilgan Angliya tajribasi Italiyada ham samara beradimi?

- Inglizlar ham vaqtida o`ta jiddiy muammoga duch kelishgan. Lekin uni muvaffaqiyatli tarzda bartaraf etishdi. Bugunda Angliyadagi o`yingohlarda ko`plab bolalar, ayollar va xursand qiyofadagi muxlislarni ko`rish odatiy bo`lib qoldi.

- Italiyada esa stadionlar muxlislar uchun yopilyapti...

- Bunday bo`lishi g`alati. Ushbu qaror o`ta zarur bo`lgan holda alohida bir o`yinda natija berishi mumkin. Lekin bu abadiyga shunday davom etmaydi-ku. Muxlislarsiz futbol-futbol emas. Buning o`rniga maxsus qoidalar ishlab chiqish lozim va uni barcha birdek hurmat qilishini ta'minlash zarur. To`g`ri, buni birdaniga amalga oshirib bo`lmaydi. Futbol muxlislarini o`ziga xos tarzda tarbiyalash ma'lum vaqt talab etadi.

O`tgan seshanba va chorshanba kunlari Yevropaning eng nufuzli musobaqasi hisoblangan Chempionlar Ligasining bahorga qismi boshlandi. Birinchi kundagi markaziy o`yin sifatida deb «Real» va «Bavariya» bellashuvi e'tirof etildi.

Azaliy raqiblar uchrashuvi dastlabki o`yinlarning eng sermahsuliga aylandi. Bu ikki raqib o`zlari uchun unchalik yaxshi bo`lmagan davrda ro`para bo`lishdi. «Real» ham, «Bavariya» ham o`z chempionatlarida to`rtinchi o`rinlarda berishmoqda. Bunday muvaffaqiyatsizlikka nemis giganti 15 yil duch kelmagandi. Hatto Ottmar Xitsfeldning qaytib kelishi ham unga yordam berolmayapti. Uning boshchiligida jamoa g`alaba nimaligini bilmay kelyapti. Madridda ham bu muvaffaqiyatsizlik davom etdi. Chunki «Real» birinchi bo`limda kiritgan uchta goli hisobiga g`alaba qozonishga muvaffaq bo`ldi. Biroq nemislarning ikkita javob to`pini hisobga oladigan bo`lsak, Myunxendagi o`yinda «Bavariya» o`z vazifasini uddalash imkoniyatiga ega bo`ladi, ya'ni 1:0 hisobidagi minimal g`alaba ham «Bavariya»ni chorak final ishtirokchisiga aylantiradi.

«Seltik»ka qarshi «Seltik Park»dagi o`yin «Milan» sardori Paolo Maldini uchun eng nufuzli turnirdagi yuzinchisi bo`ldi. Natijada «qizil-qoralar»ning tirik afsonasi bu ko`rsatkichga erishgan tarixdagi beshinchi futbolchi bo`ldi. Undan oldin yuzlik marrasini Oliver Kan, Devid Bekxem, Roberto Karlos va Raullar zabt etishgan. «Chempionlar Ligasida yuzta o`yin o`tkazish - bu juda nufuzli. Ushbu o`yin men uchun bu saviyadagi bahslarning oxirgisi bo`lishi mumkin, lekin menga bu turnir qo`yayotgan vazifalar yoqadi va uning tugashini xohlamayman»,-dedi Maldini. Biroq yubilyarning baxtiga qarshi Glazgodagi o`yinda hisob ochilmadi.

Oxirgi besh yil ichida qur'a uchinchi marta PSVni Chempionlar Ligasining ikki o`yinlik qarama-qarshiligida «Arsenal»ga ro`para qilmoqda. Oldingi ikkitasi ham Gollandiya chempioni uchun alamli tugagan - ikkita mag`lubiyat, ikkita durang. Umuman olganda inglizlar bilan PSV ishonchsiz o`ynab keladi: o`z uyidagi 11ta yevrokubok o`yinlarida atigi to`rtta g`alaba bo`lgan. Safar o`yinlari haqida esa Eyndxoven klubi eslamasa ham bo`laveradi. Lekin «Filips»dagi bu galgi bellashuvda PSV minimal g`alabaga erishdi. Xuddi shu tungi «Lill» va «Manchester Yunayted» uchrashuvida ham hisob 1:0 bo`ldi. Lekin bu yerda faqat inglizlar muvaffaqiyat qozonishdi. Biroq Rayyan Giggz kiritgan gol ko`p tortishuvlarga sabab bo`ldi. Uelslik veteranning hakam hushtagidan oldin jarimadan kiritgan goli «Lill» murabbiylar shtabini o`z o`yinchilarini maydondan chiqib ketishini so`rashga majbur etdi. Fransuzlar Piter Odemvinjining kiritgan goli hisobga olinmaganidan taajjublanishdi. Lekin, «MYU» ustozi Aleks Fergyuson gol mutlaqo sof ekanini, «Lill»ni esa UYEFA qattiq jazolash kerakligini aytdi.

Mazkur bosqichdan o`rin olgan eng chiroyli o`yin chorshanba kuni tunda bo`lib o`tdi. Unda musobaqaning oxirgi ikki yildagi g`oliblari «Barselona» va «Liverpul» jamoalari maydonga tushishdi. «Nou Kamp»dagi bellashuv taxminlarni ortig`i bilan oqladi. O`yin boshidan hujumga zo`r bergan «Barselona» 14-daqiqaga kelib Dekuning boshi bilan bergan zarbasidan keyin hisobni ochdi. Lekin eng qiziqarlisi keyin boshlandi. Mehmonlar bunga ikkita gol bilan javob berishga muvaffaq bo`lishdi. Va mana shu hisob uchrashuv oxirigacha o`zgarmay qoldi. Endi ikki haftadan so`ng bo`ladigan javob o`yinida Kataloniya klubiga juda qiyin bo`lishi tabiiy.

Roberto Manchini boshchiligidagi «Inter» Italiya chempionatidagi g`olibona odimini Chempionlar Ligasida davom ettirolmadi. «Qora-ko`klar» «San-Siro»da «Valensiya» bilan bo`lgan o`yinning oxirgi daqiqalarida g`alabani qo`ldan chiqarishdi. Ammo bu juftlikda hali hech narsa aniq emas, chunki milanliklar Ispaniya klubiga qarshi qanday o`ynashni juda yaxshi bilishadi.

Bo`lib o`tgan barcha o`yinlar orasida birgina «Roma» va «Lion» juftligida darvozalarga to`p kiritilmadi. Italiya poytaxtida kechgan uchrashuv juda asabiy suratda o`tdi. Va natijada jamoalar nimalarga qodir ekanliklarini namoyon eta olishmadi.

Portugaliya chempioni «Portu» «Chelsi» darvozasiga 12-daqiqadayoq to`p kiritishga muvaffaq bo`ldi. Lekin londonliklar tarkibida sekin-asta o`ziga kelayotgan Andrey Shevchenko oradan to`rt daqiqa o`tib, o`rtadagi muvozanatni tikladi.

Realist,gb.3dn.ru manba,interfutbol.uz

Просмотров: 2741 | Добавил: Realist | Рейтинг: 5.0 |
Всего комментариев: 2
2 Realist  
0
booze

1 Realist  
0
cry biggrin dry cool tongue happy smile sad angry wacko wink

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Copyright MyCorp © 2006