Ronaldoni "Milan"ga o`tganidan jahli chiqqan "Inter" xo`jayini Massimo Moratti azaliy dushmanidan oldinroq "Barselona" yetakchisi Ronaldinoni qo`lga kiritishga qaror qildi. Aytish joizki, "Milan" yozgi transferlar bozorida Ronaldinoni sotib olishni bosh maqsad qilgan.
Unga "rassonerlar" kabi "CHelsi" ham qiziqib qolgan va mish-mishlarga qaraganda, ushbu klublar braziliyalik uchun 65 million funt sterling to`lashga tayyor turishibdi.
Norasmiy ma'lumotlarda keltirilishicha, "Inter" prezidenti nima qilib bo`lsada, qo`shni jamoa-ni qiyin vaziyatga tushirib qo`ymoqchi, shu sabab Ronaldino uchun "Barselona"ga 100 million yevro taklif qilmoqchi. Neft baroni Ronaldinoning xaridiga klubning 100 yilligiga sovga tariqasida qarayapti - 2008 yilda "Inter" 100 yilga kiradi.
Ma'lumotlar
www.interfutbol.uz saytidan olingan