«PAXTAKOR» FUTBOL JAMOASINING MDH VA BOLTIQ BO'YI MAMLAKATLARI HAMDO'STLIGI KUBOGIDA G'ALABA QOZONGANLIGI MUNOSABATI BILAN ROSSIYA FUTBOL ITTIFOQI PREZIDENTI V.L.MUTKO NOMIDAN TABRIKLAR KELDI
Toshkentning «Paxtakor» jamoasining Moskvada qo'lga kiritgan ajoyib muvaffaqiyatidan so'ng, RFI prezidenti Vitaliy Leontyevich Mutko imzosi bilan O'zbekiston Futbol Federasiyasi hamda «Paxtakor» PFK nomlariga 2 fevral kuni qutlov maktublari kelib tushdi. Ularda, jumladan shunday deyiladi.
O'ZBEKISTON FUTBOL FEDERASIYASI PREZIDENTI M.Z.USMONOVGA
Hurmatli Mirabror Zufarovich!
«Paxtakor» jamoasining Moskvadagi Hamdo'stlik chempionlari kubogidagi g'alabasi bilan Sizni va Siz orqali butun O'zbekiston futbol jamoatchiligi hamda ishqibozlarini Rossiya Futbol Ittifoqi va shaxsan o'z nomimdan tabriklayman!
O'zbekiston chempionining nufuzli futbol musobaqasidagi haqli muvaffaqiyati shuni amalda ko'rsatdiki, futbol sizning yurtingizda bugungi kunda ko'tarilishda ekan. Yorqin, o'ziga xos x
...
Читать дальше »