| «PAXTAKOR» FUTBOL JAMOASINING MDH VA BOLTIQ BO'YI MAMLAKATLARI HAMDO'STLIGI KUBOGIDA G'ALABA QOZONGANLIGI MUNOSABATI BILAN ROSSIYA FUTBOL ITTIFOQI PREZIDENTI V.L.MUTKO NOMIDAN TABRIKLAR KELDI Toshkentning «Paxtakor» jamoasining Moskvada qo'lga kiritgan ajoyib muvaffaqiyatidan so'ng, RFI prezidenti Vitaliy Leontyevich Mutko imzosi bilan O'zbekiston Futbol Federasiyasi hamda «Paxtakor» PFK nomlariga 2 fevral kuni qutlov maktublari kelib tushdi. Ularda, jumladan shunday deyiladi. O'ZBEKISTON FUTBOL FEDERASIYASI PREZIDENTI M.Z.USMONOVGA Hurmatli Mirabror Zufarovich! «Paxtakor» jamoasining Moskvadagi Hamdo'stlik chempionlari kubogidagi g'alabasi bilan Sizni va Siz orqali butun O'zbekiston futbol jamoatchiligi hamda ishqibozlarini Rossiya Futbol Ittifoqi va shaxsan o'z nomimdan tabriklayman! O'zbekiston chempionining nufuzli futbol musobaqasidagi haqli muvaffaqiyati shuni amalda ko'rsatdiki, futbol sizning yurtingizda bugungi kunda ko'tarilishda ekan. Yorqin, o'ziga xos xususiyatga ega o'yinchilar, malakali murabbiylar shtabi, bilimdon rahbariyat - bularning barchasi «Paxtakor»ning Hamdo'stlik chempionlari kubogida ilk bor g'alabaga erishishi hamda ko'plab ishqibozlar mehrini qozonishiga asos bo'ldi. O'zbekiston futbol klublariga omadlar tilaymiz hamda Rossiya va o'zbek futboli ravnaqi yo'lidagi hamkorligimiz kelgusida yanada jadallik bilan olib borilishiga umid qilamiz! RFI prezidenti V.L.Mutko «PAXTAKOR» FK PREZIDENTI A.H.TO'XTAYEVGA, BOSH MURABBIY R.A.HAYDAROVGA Qadrli do'stlar! «Paxtakor» jamoasi rahbarlari, murabbiylari va futbolchilarini 2007 yilgi MDH va Boltiq bo'yi mamlakatlari Hamdo'stligi chempionlari kubogidagi g'alaba bilan Rossiya Futbol Ittifoqi va shaxsan o'z nomimdan muborakbod etaman! Turnirda «Paxtakor» ko'rsatgan o'yin mutaxassis va ishqibozlar tomonidan yuqori baholarga munosib topildi. Dongi ketgan raqiblar bilan kurashlarda O'zbekiston vakili yorqin, jozibador futbol namoyish etdi va haqli ravishda Hamdo'stlik kubogida eng kuchli ekanligini ko'rsatdi. Ishonchim komilki, 2007 yil namunasidagi «Paxtakor» ulkan salohiyatga ega va ushbu kuchini jamoa turli darajadagi kelgusi turnirlarda albatta namoyish etishi kerak. Sizning jamoangizga bundan buyon ham o'z ixlosmandlarini xushnud etishini tilayman. Yashil maydonlarda Sizlarga omad va g'alaba hamisha hamroh bo'lsin! RFI prezidenti V.L.Mutko
|