Debyutant bo`lishiga qaramasdan o`z oldiga ulkan vazifalarni qo`yayotgan «quruvchi» klubida tinimsiz o`zgarishlar kuzatilyapti. Kuni kecha jamoa tarkibiga tajribali himoyachi Baxtiyor Ashurmatov kelib qo`shildi.
Biroq Ashurmatov yakka holda shug`ullanyapti. Yangi kelgan futbolchilarning aksariyati bilan shartnoma tuzib bo`lindi. Himoyachi Afzal Azizov jamoa bilan bir yilga bitim imzoladi. Turkmanis tonlik yarim himoyachi Vitaliy Alekperov ham «quruvchi» bilan shartnoma tuzdi. Chorshanba kuni Hikmat Ergashev shogirdlari qozog`istonning «Taraz» klubiga qarshi nazorat o`yinida maydonga chiqishdi. Bu bellashuvda Ergashev boshchiligidagi «quruvchi» futbolchilari 3:0 hisobida g`alaba qozondilar. O`yinda to`plarni Muhammadali Karadanov, Jasur Hasanov va gruziyalik legioner futbolchi kiritdilar.