"Zimbru" tarkibida porlab, O'zbekiston terma jamoasi murabbiylari nigohiga tushgan "Buxoro" futbol jamoasining sobiq hujumchisi Vladimir Shishelov Vladikavkazning "Alaniya" jamoasi yig'inlarida ishtirok etish uchun chaqirilgan. 2006-yilgi mavsumni Moskva viloyatining "Ximki" jamoasida o'tkazgan hujumchi. Ayni paytda alaniyaliklar tarkibida mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Agar u o'zini gol urish qobiliyatini murabbiylarga namoyon qila olsa, transferga qo'yilgan Svistunov, Kaziyev, Agafonov, Kojemyakin va Vasilevlarning birini o'rnini egallashi mumkin bo'ladi.